Qidirish
17/03/23, 17:54
783

“Yashil makon” umummilliy loyihasi kelajakda ekologik muhitning yaxshilanishiga xizmat qiladi

Bahor fasli kirib kelishi bilan joylarda bahorgi ishlar qizgʻin tus oladi.

Xorazm oʻrmon xoʻjaligida koʻkalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻrgazmali seminar tashkil etildi.

Seminar davomida koʻchat ekish tadbirlarini belgilangan agrotexnologiya tadbirlari asosida amalga oshirish borasida soʻz bordi.

Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, koʻchat ekishda hududlardagi tuproq samaradorligi, sugʻorish tizimi hisobga olinadi. Huduloarga mos ravishda koʻchatlar tanlanishiga ahamiyat qaratiladi.

Urganchda yangi barpo etilayotgan yashil bogʻ hududiga 2 mingdan ortiq manzarali koʻchatlar ekildi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozimki, joriy yil Xorazm viloyatiga 9 milliondan oshiq manzaralari va mevali koʻchatlar ekish rejalashtirilgan.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi atrof-muhitni koʻkalamzorlashtirish ishlari, kelajakda ekologik muhitning yaxshilanishiga hamda aholining bogʻdorchilik mevalariga boʻlgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilishi shubhasizdir. Loyiha doirasidagi ishlar davom etmoqda.